O'zbekiston

Prezident energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Yig‘ilishda muqobil energiya manbalari va tejash choralari muhokama qilindi.

Prezident energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 mart kuni energiya resurslarini iqtisod qilish, isteʼmol samaradorligini oshirish hamda ulardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Energiya resurslarining eng ko‘p sarfi, avvalo, iqtisodiyot tarmoqlariga to‘g‘ri keladi. Eski davrlarda qurilgan zavodlar ekologiya va energiya samaradorlik talablariga javob bermagan. Yillar davomida modernizatsiyaga yetarli eʼtibor berilmagan. Baʼzi joylarda elektr va gaz kunlab bo‘lmagan. Sanoat korxonalarida isteʼmol va yo‘qotishlar ko‘p bo‘lgan.

Shu bois so‘nggi yillarda iqtisodiyot sohalari energiya samaradorlik jihatidan yangilanmoqda. Yirik korxonalar va energetika tarmoqlari kesimida alohida dastur amalga oshirilmoqda.

2030 yilga borib, mamlakatimiz aholisi 41 millionga yetishi, iqtisodiyot 2 karra o‘sishi kutilayapti. Bu energiya resurslariga bo‘lgan talabni hozirgidan 1,5 karra oshiradi. Shuning uchun yangi loyihalarni ishga tushirib, quvvatni ko‘paytirish bilan birga energiyani tejash choralarini ko‘rish zarur.  

Yig‘ilishda mutasaddilar shu boradagi ishlar va kelgusi rejalar to‘g‘risida axborot berdi.

Prezidentimiz ko‘rsatmasiga muvofiq, o‘tgan yilgi tajribani davom ettirib, joylarda energiyani tejash imkoniyatlari olimlar ishtirokida ilmiy asosda o‘rganilmoqda. Xususan, Samarqand, Sirdaryo va Jizzaxdagi o‘rganishlarda 870 million kilovatt soat elektr va 420 million kub metr gazni iqtisod qilishning yangi imkoniyatlari aniqlandi. Masalan, bu viloyatlardagi kichik va o‘rta sanoat korxonalarida 35 mingga yaqin eskirgan uskunalarni tejamkoriga almashtirib, yiliga 385 million kilovatt soat elektr va 50 million kub metr gaz tejash mumkin.

Tuman va mahallarda energiyani iqtisod qilish bo‘yicha imkoniyatlar juda ko‘p. Masalan, 300 ta mahallada 100 megavattli kichik quyosh stansiyalari barpo qilib, shu yilning o‘zida 45 million kub metr gaz tejasa bo‘ladi. Bundan tashqari, kanal va soylarda quriladigan mingdan ziyod mikro GESlar hisobiga qo‘shimcha 175 million kilovatt soat elektr ishlab chiqariladi.

Ko‘chalarni yoritishga ham yiliga 200 million kilovatt elektr sarflanayapti. Quyosh panelli chiroqlar o‘rnatilsa, isteʼmol 2 karra kamayadi.

Shu kabi imkoniyatlar hisobidan, bu yil 1,1 milliard kub metr tabiiy gaz va 2,6 milliard kilovatt soat elektrni iqtisod qilish bo‘yicha qo‘shimcha reja olindi.

Davlatimiz rahbari, birinchi navbatda, yirik sanoat korxonalarida zamonaviy tejamkor uskunalar o‘rnatish, energiya isrofini kamaytirish zarurligini taʼkidladi. Hukumatga bu sohada yangicha ijro va nazorat tizimida ishlash topshirildi.

Ishxonalar va uy-joylarda energiyani tejash madaniyatini oshirish ham muhim. Elektr va gazni behudaga yoqib qo‘ymaslik, quyosh panellari va boshqa muqobil manbalardan foydalanish ham ancha hajmni tejaydi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida aholi zich joylashganini hisobga olib, ularni energiya bilan taʼminlashda alohida yondashuv ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Bu tajriba bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ham joriy etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Prezident energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi | Zamon.uz