Angliyada o‘zini sovitadigan ichimlik idishi yaratildi
Dastlabki sinovlar shu yil yozida o‘tkazilishi kutilmoqda.

Delta H Innovations kompaniyasi muzlatgichsiz ichimliklarni sovitadigan innovatsion “Sool San” alyuminiy qutilarini taqdim etdi. Ushbu texnologiya ichimlikni 10 daqiqada olti-etti darajagacha sovitadi va 45 daqiqa davomida haroratni saqlab turadi.
Sovitish jarayoni kimyoviy reaksiya orqali amalga oshadi: tugma bosilganda, ichki rezervuardagi suv tuzlar bilan o‘zaro taʼsirlashib, sovitish effektini hosil qiladi. Maxsus indikator esa ichimlik isteʼmolga tayyorligini bildiradi.
“Delta H” Innovations kompaniyasi ushbu texnologiyani Coca-Cola va Red Bull bilan birgalikda ommaviy ishlab chiqarishga yo‘naltirish uchun muzokaralar olib bormoqda. Dastlabki sinovlar shu yil yozida musiqa festivallarida o‘tkazilishi kutilmoqda.







