Lifestyle

Yerning suv zahiralari kamayib bormoqda

So'ngi 20 yil ichida Yerda 2000 gigatondan ortiq suv kamaygan.

Yerning suv zahiralari kamayib bormoqda

 

Melburn universiteti gidrologlari Dongreol Ryu va Ki-Von Seo olib borgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, global isish tuproq, ko‘llar, daryolar va qor to‘plamidagi suv miqdorini sezilarli darajada kamaytirmoqda. Ushbu o‘zgarishlar qishloq xo‘jaligi va global dengiz sathi uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

 

So‘nggi 20 yil ichida Yer 2000 gigatondan ortiq namlikni yo‘qotdi – bu to‘rt yil ichida Grenlandiya muzliklarining erishidan ikki baravar ko‘p. Shuningdek, tadqiqotchilar tuproq namlikni saqlab qolish qobiliyatini yo‘qotayotganini aniqlashdi. Bu esa qurg‘oqchilikning ortishi va qishloq xo‘jaligi uchun sharoitlarning yomonlashishiga sabab bo‘lmoqda.

 

Bundan tashqari, suv massalarining qayta taqsimlanishi Yerning aylanishiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Olimlarning fikricha, massaning siljishi sayyoraning o‘z o‘qi bo‘ylab “silkinishiga” olib kelmoqda.

 

Mutaxassislar ogohlantirishicha, agar issiqxona gazlari chiqindilari kamaytirilmasa va suv resurslaridan foydalanish o‘zgarmasa, vaziyat yanada og‘irlashadi. Olimlar bu kashfiyotni “uyg‘onish qo‘ng‘irog‘i” deb atashmoqda va global hamjamiyatni suvdan ehtiyotkorona foydalanishga chaqirishmoqda.

Yerning suv zahiralari kamayib bormoqda | Zamon.uz