Siyosat

Saida Mirziyoyeva YUNESKO bosh qarorgohiga bordi

U yerda o‘zbek milliy simfonik orkestri o‘z mahoratini namoyish etdi.

Saida Mirziyoyeva YUNESKO bosh qarorgohiga bordi

 

“YUNESKO Bosh konferensiyasining Samarqandda bo‘lib o‘tadigan 43-sessiyasi arafasida, biz yurtimizning musiqasi, ijod olami, noyob ovozlari hamda bahor nafasini dunyo bilan baham ko‘rishda davom etyapmiz!

 

Bu — o‘zi uchun O‘zbekistonni kashf qilayotgan insonlar qalbiga eltuvchi eng qisqa yo‘l, mamlakatimiz targ‘ibotini ilgari suruvchi madaniy diplomatiya vositasidir. Biz har kuni shu ezgu maqsad yo‘lida harakat qilyapmiz, jahonga eng go‘zal qirralarimizni namoyish etmoqdamiz.

 

Aprel oyining ilk kunida YUNESKO bosh qarorgohida O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri o‘z mahoratini namoyish etdi. Orkestr ijrosida Sharqning buyuk shoirlari — Navoiy, Bobur, Umar Xayyom va Nodira asarlari asosida yaratilgan musiqiy taronalar taqdim etildi.

 

Alibek Kabdurahmonov va Rixter Trio boshchiligida Parijda “The Sands of Time” (“Vaqt qumlari”) konserti bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Nodira Pirmatova va G‘ulomjon Muhammadjonov yurtimiz tarixi va madaniy merosini sahnada o‘ziga xos tarzda jonlantirib, tomoshabinlarga anʼanaviy musiqiy madaniyatning yangicha, mualliflik talqinini namoyish etdilar”, deb yozadi Prezident yordamchisi.

custom img

O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasi ishga tushirilishi mumkin

Saida Mirziyoyeva Google vitse-prezidenti Karan Bhatiya bilan uchrashdi

custom img

Transport va tibbiyot loyihalari: Saida Mirziyoyeva DFC rahbari bilan uchrashdi

Uchrashuvda ikki tomonlama investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedov bilan telefonda gaplashdi

O'zbekiston rahbari Turkmaniston Prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi.

custom img

BMT bilan 166 ta qo‘shma loyiha: Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi

Uchrashuvda sog‘liqni saqlash, ta’lim, kambag‘allikni qisqartirish va ekologik barqarorlik kabi yo‘nalishlardagi hamkorlikka e’tibor qaratildi.

custom img

Rossiyadagi saylovlar: Shavkat Mirziyoyev Putinga tabrik maktubi yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Rossiyadagi saylovlar mamlakat jamiyatining siyosiy madaniyati va fuqarolik hamjihatligini namoyon etganini ta’kidladi.

custom img

Dirijabl, favvora va osmono‘par binolardagi bayroq: Shavkat Mirziyoyevning Koreyaga tashrifi tafsilotlari

Prezident Shavkat Mirziyoyev Koreyadagi tashrifi davomida mintaqa davlatlari rahbarlari va koreyalik hamkorlar bilan uchrashdi. Sammit arafasida “Mirziyoyev doktrinasi” kitobining koreys tilidagi nashriga dastxat yozib berdi.

custom img

Janubiy Koreya Markaziy Osiyo prezidentlariga turli sovg‘alar taqdim etdi: ular orasida nimalar bor?

Janubiy Koreya prezidenti Li Je Myon Seulda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularga mamlakatlarning qiziqishlari va madaniy xususiyatlarini inobatga olgan holda turli sovg‘alar taqdim etdi. Tojikiston prezidentiga berilgan sovg‘aning mazmuni esa oshkor qilinmadi.

custom img

Tushliksiz 10 ta tadbir, tanaffussiz qariyb 10 soat: Prezidentning Koreyadagi bir kuni

Prezident 15-sentyabr kuni Koreyada parlament va hukumat vakillari, yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi, biznes forumida qatnashdi va vatandoshlar bilan muloqot qildi. Uchrashuvlar ertalabdan kechgacha tanaffuslarsiz davom etdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"