Siyosat

Samarqandda O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Muzokaralar davomida o‘zaro aloqalarni yana-da rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Samarqandda O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-aprel kuni "Markaziy Osiyo - YEI" birinchi sammitida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga kelgan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Turkmaniston Prezidenti davlatimiz rahbariga Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning samimiy salomini yetkazdi.

 

O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yana-da rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

 

O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra 1,1 milliard dollardan oshgan tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari barqaror o‘sib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Sanoat, energetika, transport, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Birgalikda "Shovot - Toshovuz" chegaraoldi savdo zonasi tashkil etilmoqda. Faol hududlararo muloqotlar va madaniy-gumanitar almashinuv doirasidagi tadbirlar muntazam o‘tkazilmoqda.

 

Bo‘lajak oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlar va ko‘p tomonlama tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, keng qamrovli hamkorlik bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Samarqandda O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi | Zamon.uz