11 mln so‘mdan yuqori pul o‘tkazmalari nazoratga olinadi
Har bir operatsiya xavf darajasiga qarab baholanadi.

2025-yil 2-iyuldan boshlab O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan to‘lov tizimlari va elektron pul aylanishi ustidan nazorat kuchaytiriladi.
Yangi tartiblarga ko‘ra, agar jismoniy shaxs to‘lov tashkiloti ilovasida hisob ochmoqchi bo‘lsa, E-POS orqali ishlamoqchi yoki 187,5 million so‘mdan ortiq operatsiyani ro‘yxatdan o‘tmagan hisob orqali amalga oshirmoqchi bo‘lsa — u holda tashkilot mijozni tekshirishi majburiy bo‘ladi.
Shuningdek, 11,25 million so‘mdan yuqori elektron pul o‘tkazmalarida jo‘natuvchi va qabul qiluvchining to‘liq ma’lumotlari (ID raqami, tug‘ilgan sana va joyi yoki tashkilot nomi) ko‘rsatilishi shart bo‘ladi. Har bir operatsiya xavf darajasiga qarab baholanadi va identifikatsiya ma’lumotlari maxsus saqlanadi.







