Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoq delegatsiyasini qabul qildi

Tashrif doirasida Martin Chunggonga "Do‘stlik" ordeni topshirildi.

Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoq delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-aprel kuni Parlamentlararo ittifoqning ushbu nufuzli tuzilma raisi Tuliya Ekson va bosh kotibi Martin Chungongdan iborat delegatsiyasini qabul qildi.

 

Parlamentlararo ittifoqning yuqori darajali vakillari davlatimiz rahbarini Toshkent shahrida tashkilotning yubiley Assambleyasi muvaffaqiyatli tashkil etilgani hamda uning yalpi majlisida dasturiy nutq so‘zlagani bilan samimiy qutladilar.

 

Bunday keng ko‘lamli forumning O‘zbekistonda o‘tkazilayotgani va ilgari surilgan tashabbuslar to‘liq qo‘llab-quvvatlangani Yangi O‘zbekistondagi ortga qaytmas islohotlar, ayniqsa, parlamentarizmni rivojlantirish borasidagi natijalarning xalqaro eʼtirofi ekani taʼkidlandi.

 

Ittifoq bilan hamkorlik yuksak darajaga chiqib, samarali tus olgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Keyingi yillarda birgalikdagi saʼy-harakatlar bilan Buxoro shahrida Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha parlamentlararo forum hamda Toshkent shahrida parlamentlar ayol rahbarlarining 14-sammiti tashkil etildi.

 

Bundan tashqari, BMT Bosh Assambleyasining Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlar rolini kuchaytirish to‘g‘risidagi maxsus rezolyutsiyasi qabul qilindi.

 

Suhbat chog‘ida mamlakatlar va xalqlar o‘rtasida tinchlik va konstruktiv muloqotni mustahkamlash, “yashil” taraqqiyot va sunʼiy intellekt sohasida qonun ijodkorligini kengaytirish, xotin-qizlar va yoshlarni parlament faoliyatiga yana-da ko‘proq jalb etish bo‘yicha dasturlarni amalga oshirishda parlament diplomatiyasining ahamiyati qayd etildi.

 

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Prezidenti hamkorlikni rivojlantirish va parlament diplomatiyasini samarali ilgari surishga qo‘shgan katta hissasi uchun Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi Martin Chungongni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi.

 

Taʼkidlash joizki, O‘zbekiston 2017-yilda Ittifoq ishidagi ishtirokini qayta tikladi va bugungi kunda uning ijro etuvchi tuzilmalarida to‘laqonli qatnashmoqda.

custom img

O‘zbekiston va Serbiya Prezidentlari qo‘shma biznes forumida ishtirok etdilar

Tadbirda ikki mamlakatning 200 nafardan ziyod rasmiy va ishbilarmon doira vakillari ishtirok etdi.

custom img

O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

Davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlar almashildi.

custom img

Belgradda Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Vuchich muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston va Serbiya 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan sanoatda sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasini qabul qildi.

custom img

Serbiyada Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Marosimdan so'ng ikki davlat rahbarlari oliy darajadagi muzokaralarni boshladi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti sharafiga Serbiyada rasmiy qabul marosimi bo‘lib o‘tdi

Tashrif sharafiga “Kula Belgrad” binosi O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Serbiyaga jo‘nab ketdi

Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar va biznes-forum o‘tkaziladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibini qabul qildi

Uchrashuvda bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish, tizimni raqamlashtirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekistonda Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalari filiallarini ochish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"