1 maydan elektr uchun yangi tariflar belgilandi
Aholi uchun yengillik yaratadigan o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslari isteʼmolchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024-2025 yillarda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich o‘zgarish grafigiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida” 194-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan 2024-2025 yillarda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich o‘zgarish grafigiga aholi uchun yengillik yaratadigan o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Masalan, yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining oshishi muddati 1 apreldan 1 may sanasiga ko‘chirildi.
Qolaversa, 201 kVt·soatdan 1000 kVt·soatgacha bo‘lgan differensiallashgan tarif bo‘yicha isteʼmol miqdori orasiga yangi miqdor kiritilmoqda. Yaʼni 2025 yil 1 maydan eʼtiboran aholi isteʼmolchilari 201 kVt·soatdan 500 kVt·soatgacha bo‘lgan yangi miqdor oralig‘ida har bir kilovatt·soat uchun 800 so‘mdan to‘laydi (shu paytgacha 201 kVt·soatdan 1000 kVt·soatgacha bo‘lgan qismi uchun 900 so‘mdan haq to‘langan).







