O'zbekiston

O‘zbekiston 26 ta zamonaviy samolyot xarid qiladi

Yangi Airbus va Boeing samolyotlari turizm va parvozlar rivojiga xizmat qiladi.

O‘zbekiston 26 ta zamonaviy samolyot xarid qiladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga rasmiy tashrifi doirasida yirik aviatsiya loyihalari bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi. Jumladan, Airbus kompaniyasidan 14 ta zamonaviy yo‘lovchi samolyoti xarid qilinadi, yana 5 tasi esa ijaraga olinadi. Shuningdek, AQShning Boeing kompaniyasi bilan 12 ta samolyotni O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha muzokaralar boshlangan.

 

Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

 

Davlat rahbari mutasaddi tashkilotlarga ushbu imkoniyatdan samarali foydalanishni, yo‘lovchilar oqimini hisoblab, yangi yo‘nalishlar va reyslar ochishni hamda sayyohlar oqimini oshirishga doir aniq reja ishlab chiqishni topshirdi.

 

Mazkur loyiha orqali O‘zbekistonning aviaparki sezilarli yangilanadi, bu esa ichki va xalqaro turizm hamda aviatashuvlar sifati va qulayligini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

O‘zbekiston va Turkiya hamkorlikni kengaytirmoqda: qator muhim bitimlar imzolandi

O‘zbekiston va Turkiya hamkorlikni kengaytirmoqda: qator muhim bitimlar imzolandi

Savdo, ijtimoiy ta’minot va chegara orqali tovarlar hamda transport vositalari harakati bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan hujjatlar qabul qilindi.

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari uchrashuv o‘tkazdi

Ikki mamlakat yetakchilari keng qamrovli strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Dohada O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi taqdimoti o‘tkazildi

Dohada O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi taqdimoti o‘tkazildi

Taqdimotda O‘zbekiston va Qatar vakillari buyuk allomalar merosi, islom ilmlari rivoji hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Turkiyaga yetib bordi

O‘zbekiston Prezidenti Turkiyaga yetib bordi

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Litsenziyasiz Umra tashkil etish: Andijon va Farg‘onada noqonuniy holatlar fosh etildi

Litsenziyasiz Umra tashkil etish: Andijon va Farg‘onada noqonuniy holatlar fosh etildi

Fuqarolardan jami 6 500 dollar talab qilingan, holatlar yuzasidan tergov olib borilmoqda.

Qarshida 21 yoshli qiz operatsiyadan keyin vafot etdi: prokuratura tekshiruv boshladi

Qarshida 21 yoshli qiz operatsiyadan keyin vafot etdi: prokuratura tekshiruv boshladi

Qizning ahvoli operatsiyadan to‘rt kun o‘tib og‘irlashgan.

Samarqandda o‘qituvchi o‘quvchi qizni kaltakladi: rasmiy munosabat bildirildi

Samarqandda o‘qituvchi o‘quvchi qizni kaltakladi: rasmiy munosabat bildirildi

Holat maktab ta’limi boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganilmoqda.

Bir oyda 21 mingdan ortiq bayonnoma: avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlar ko‘paydi

Bir oyda 21 mingdan ortiq bayonnoma: avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlar ko‘paydi

Toshkentda chiptasiz yurishga qarshi nazorat kuchaydi.