Bu hafta O‘zbekistonda sovuq bo‘lishi kutilmoqda
Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

16-aprelda respublikaning ayrim joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 17-18 aprel kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.
Havo harorati asta-sekin pasayadi, respublika hududining katta qismida 16 aprelda 20-25 daraja, 17 aprelda 18-23, 18 aprelda 16-21 daraja bo‘ladi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 17-18 aprel kunlari baʼzi joylarda kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatiladi.
14-18 aprel kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda bugun kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, ertaga yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan 25-28 daraja bo‘ladi.







