O'zbekiston

Bunyodning “Kibo”si

Bir juft “Kibo” va orzular...

Bunyodning “Kibo”si

Ishdan qaytishda har kuni mahallamizga kirish joyidagi o‘sha jaydari joyda tushib qolaman.

 

15 daqiqalik yo‘lni piyoda bosib o‘taman. Ertalab ham xuddi shu yo‘ldan o‘taman. Bu yo‘lning ikkita tanlovi bor, men esa har doim suv yoqalab Manzura Rustamova ning ko‘chasidan yuraman.

 

Kechagina bosib o‘tgan yo‘limdagi oyoq izlarim saratonda sal o‘chgan, bulutli kunlarda qirov bilan qoplangan, bahorda esa yomg‘ir bilan yuvilib ketgan bo‘ladi.

 

Izlar Bunyodning “Kibo” tuflisidagi izlarga o‘xshaydi. Biroq aynan o‘sha emas.

 

Bahor nafasi

 

Havo iliy boshlagan, qishning sovuq shamollari endi shivirlabgina uchadi.

 

Yuzga, qo‘lning cho‘ziq barmoqlariga quyosh ilk iliqligi bilan tekkan. Hanuz qor parchalari ariq yoqasidagi soyalarda saqlanib qolgan, lekin endi ular ham eriydi.

 

Ariq bo‘yidagi teraklar kurtaklash tadorigida. Uylar yonidagi shifti ochiq issiqxonalarda pomidor ko‘chatlari ekilmoqda. Hamma tomonda bahor nafasi.

 

Yomg‘irdan keyingi tuproq hidi, cho‘milganday sergak havo, qushlarning jilpillab uchishi – bularning hammasi bolalik xotiralarimni uyg‘otadi.

 

Havas bilan boshlangan xotira

 

Har safar qishloqqa borsam, Gulsum ammamga maqtanaman:

 

— Bunyodning “Kibo”si haqida bir hikoya yozaman, gazetada chiqsa, o‘qib ko‘rasiz, — deyman.

 

Ammo yozaman degan gapim gapligicha qolib ketaveradi.

 

Bolaligim Surxonda o‘tgan. Qishloqda 13 yil yashadik. Bunyod bilan bir devor qo‘shni, bir sinfda sinfdosh, eng yaqin oshna edik.

 

Ularning hovlisi hammaga sirli tuyardi. Darvoza doim yopiq, uning ortidagi hayotni faqat taxmin qilish mumkin edi.

 

Enam bilan bozordan izlab-izlab topgan tuflim bir yil o‘tar-o‘tmas, it g‘ajigandek qolib ketardi. Shu bois, men uchun dunyodagi barcha baxtiyorlik Bunyodlarning hovlisida yig‘ilib yotgandek tuyulardi.

 

Bir juft “Kibo” va orzular

 

Bunyodning “Kibo”si esa har doim yangiday. Aytishicha, bu tuflini bizning bozorlarda topib bo‘lmas emish. Uni otasi uzoq shaharga xizmat safariga ketganida, yaqin do‘sti sovg‘a qilib yuborgan ekan.

 

Men esa bu tufliga chin dildan havas qilardim. Lekin eski-yamoq poyabzal kiyganimdan uyalib, Nurnigorga yaxshi ko‘rishimni aytolmasdim.

 

“Kibo” sababli ko‘nglimda bir orzu paydo bo‘ldi. Oyoqqa shunaqa mustahkam, chiroyli tufli kiyib, shaharga qarab yugurgim kelardi.

 

Kechalari uxlarkanman, ko‘rpamni yostiq qilib, xayolga botardim:

 

Qachon men ham shunday tufli kiyib yuraman?

 

Ko‘zimni yumsam, o‘zimni shaharda tasavvur qilardim. Oldida ulkan do‘konlar, yorug‘ ko‘chalar. Oyoqlarimda to‘ppa-toza “Kibo”. Atrofdagi odamlar havas bilan qaraydi, "E, bu juda zo‘r tufli-ku!" deb hayron bo‘lishadi.

 

Bu orzular bilan uxlab qolardim, ammo ertaga yana eski tuflimda uyg‘onar va yana Bunyodning “Kibo”siga havas bilan qarardim.

 

Yo‘llar, darslar, hayot

 

Yillar o‘tdi. Qora tunlar, oq kunlar, dildorlar, dili torlar... Hayot o‘z yo‘lidan o‘taverdi.

 

Bir paytlar “Kibo” kiyishni orzu qilgan bola endi ayrim yo‘llardan yalangoyoq yurish mumkinligini tushunganday bo‘ldi.

 

Bahorda tuproqqa bosgan oyoqlarning yorug‘ligi, yomg‘irdan keyingi yerning iliqligi ham tuflidan muhimroq ekanini his qilganday bo‘ldi.

 

Eng muhimi, bu yo‘lda “Kibo” tuflidan ko‘ra, mardligi tog‘day, bir so‘zli, samimiy, jonkuyar og‘alarni tarbiya qilgan ota-onalarga rahmat aytish hikmatini anglaganday bo‘ldi.

 

Hozir ham yo‘l-yo‘lakay poyabzal do‘konlariga kirib qolsam, eng chiroylisiga qarab qoyaman. Qo‘limda uni sotib olishga imkoniyat bor, lekin haligacha hech qachon Bunyodning “Kibo”sidek tufli olganim yo‘q.

 

Chunki endi menga “Kibo” emas, balki bolalikdagi orzular qimmatliroq.

 

Bunyodning “Kibo”si esa hali ham xotiramda yangiday turadi.

 

Elbek Shoim

custom img

Aktrisa Yodgora Ziyomuhamedova 74 yoshida vafot etdi

Aktrisa  34 yildan ortiq vaqt davomida O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida faoliyat yuritgan.

custom img

Yangi Toshkent aeroporti qurilishi munosabati bilan 7 ta qabriston ko‘chiriladi

Ularning 2 tasi Quyi Chirchiq, 5 tasi O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan.

custom img

Davomatni sun’iy intellekt nazorat qiladi: Toshkentdagi 26 ta maktabda yangi tizim sinovdan o‘tkazilmoqda

Tizim smart kameralar va Face ID texnologiyasi orqali o‘quvchilarning darsdagi ishtirokini avtomatik qayd etadi.

custom img

Uy-joy va meros: yetim bolalar huquqi qanday himoya qilinadi?

Yangi qonun bilan vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi qonunchilikka muhim o‘zgartishlar kiritilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva “O‘zbekfilm” kinostudiyasini rivojlantirish bo‘yicha rejalarini ma’lum qildi

Saida Mirziyoyeva Abu Ali ibn Sinoning bolaligi haqidagi tarixiy film suratga olinayotgan maydonda ham bo‘ldi.

custom img

Toshkentda MIB orqali bolalar onasiga qaytarildi

Shu tariqa sud hujjatida belgilangan talablar amalda bajarilib, ijro ishi yakunlangan.

custom img

Yangi Toshkentning ertangi kuni o‘zimizga bog‘liq — Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva Yangi Toshkentdagi qurilish jarayonlari bilan tanishib, tadbirkorlarni hududga sarmoya kiritish, qurilish va biznes loyihalarini yo‘lga qo‘yishga chaqirdi.

custom img

“Turkiy dunyo madaniyatiga qo‘shgan hissasi uchun”: Ozodbek Nazarbekov xalqaro mukofotga loyiq ko‘rildi

Taqdirlash marosimi 26-sentyabr kuni Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"