Qashqadaryodagi uydan salkam 1 metrli ilon chiqdi
U FVV xodimlari tomonidan zararsizlantirilgan.

Kecha, 13 aprel kuni soat 09:50 da Qashqadaryo viloyati FVBga Qarshi shahar “Mag‘zon” MFY Ziyolilar ko‘chasida joylashgan uylardan birining ichki qismiga ilon kirib olganligi va uy egalari yashash uyiga kira olmayotganligi to‘g‘risida amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.
Murojaat bo‘yicha shahar FVB qutqaruvchilari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, fuqaroning yashash uyiga kirib olgan 1 metrga yaqin bo‘lgan ilon ushlanib, tabiatga qo‘yib yuborilgan.







