Siyosat

Oq uy BMT va NATOni moliyalashtirishni to‘xtatishni taklif qildi

Moliyalashtirish 2025 yil oktyabridan 50 foizga qisqartiriladi.

Oq uy BMT va NATOni moliyalashtirishni to‘xtatishni taklif qildi

Donald Tramp maʼmuriyati AQSH Davlat departamenti byudjeti va tashqi siyosat xarajatlarini keskin qisqartirishni taklif qilmoqda. Reuters va Associated Press xabarlariga ko‘ra, AQSH Maʼmuriy-byujet boshqarmasi hujjatida BMT va NATO kabi xalqaro tashkilotlarga moliyaviy yordamni to‘xtatish rejalashtirilgan.

 

Moliyalashtirish 2025 yil oktyabridan 50 foizga, yaʼni taxminan 30 milliard dollarga kamaytirilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, 10 ta elchixona va 17 ta konsullikni yopish, diplomatlar sonini qisqartirish va USAID funksiyalarini Davlat departamentiga o‘tkazish taklif etilgan. Qisqartirishlar asosan Afrika va Yevropadagi diplomatik vakolatxonalarga taʼsir qiladi.

 

Hujjat hali loyiha darajasida bo‘lib, Davlat departamenti va Kongress tomonidan maʼqullanmagan. Oq uy vakillarining taʼkidlashicha, moliyalashtirish bo‘yicha yakuniy qarorlar hali qabul qilinmagan. Xorijiy yordam dasturlari hamda sog‘liqni saqlash sohasidagi mablag‘lar ham qisqartiriladi, faqat OITS, sil va bezgakka qarshi kurashga oz miqdorda mablag‘ ajratish rejalashtirilgan.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.