Polsha Ukrainaga yordam berib, foyda ko‘rmoqchi
Mamlakatning Kiyevga nisbatan pozitsiyasi o‘zgarmoqda.

Polsha bosh vaziri Donald Tuskning aytishicha, Polsha endi faqat Ukraina uchun bepul yordam beradigan oddiy davlat bo‘lib qolmaydi. Unga ko‘ra, boshqa davlatlar Ukrainani tiklashdan foyda olayotgan bir paytda, Polsha chetda qarab turolmaydi.
“Biz yordam berishda davom etamiz, lekin endi Ukrainani tiklashda qatnashib, o‘zimiz ham foyda ko‘rishni istaymiz”, — dedi Tusk.
Bu Polshaning Ukrainaga nisbatan siyosati o‘zgarayotganini va endi o‘z manfaatlarini ham ko‘zlayotganini anglatadi.







