Afg‘onistonda zilzila yuz berdi
Uning kuchi O‘zbekistonda ham sezilgan.

Bugun, 16 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 04:14 da Afg‘onistonning Tahor hududida zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila epitsentri Toshkentdan 570 km janubi-sharqda. Magnitudasi 6,3. Epitsentrda sezilish kuchi 4 ballni tashkil etdi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida zilzilaning sezilish kuchi:
- Surxondaryo viloyatida 4 ball, 295 km;
- Farg‘ona viloyatida 3 ball, 480 km;
- Samarqand viloyatida 3 ball, 484 km;
- Jizzax viloyatida 3 ball, 485 km;
- Sirdaryo viloyatida 3 ball, 495 km;
- Qashqadaryo viloyatida 3 ball, 497 km;
- Andijon viloyatida 3 ball, 539 km;
- Namangan viloyatida 3 ball, 545 km;
- Toshkent shahrida 3 ball, 570 km.







