1-maydan elektr energiyasini ishlab chiqarish tariflari oshadi
Bu aholi va boshqa sohalarga tadbiq etilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi idoralararo tarif komissiyasining 2025 yil 31 martdagi 27-sonli yig‘ilish bayoniga asosan, 2025 yil 1 maydan boshlab “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Angren IES” AJ, “Yangi Angren IES” AJ lar tomonidan elektr energiyasini ishlab chiqarish tariflari oshirilishi kutilmoqda.
Mazkur elektr energiya bo‘yicha tarif ichki tarmoq tarifi hisoblanib, yagona xarid qiluvchisi “O‘zenergosotish” AJ uchun belgilangan. (Aholi va boshqa sohalarga tadbiq etilmaydi).
Issiqlik energiyasi bo‘yicha narxlar o‘zgarishsiz qoldi.







