O'zbekiston

“Poroshok” ichidan kuchli taʼsir qiluvchi moddalar chiqdi

Bojxona postida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar to‘xtatib qolindi.

“Poroshok” ichidan kuchli taʼsir qiluvchi moddalar chiqdi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan “Do‘stlik” chegara bojxona posti, viloyat davlat xavfsizlik xizmati hamda ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda yirik miqdordagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni respublikamiz hududiga olib kirishga bo‘lgan ayyorona urinish fosh qilindi.

 

Gap shundaki, “Do‘stlik” chegara bojxona posti orqali muntazam ravishda tijorat maqsadidagi tovarlarini go‘yoki shaxsiy ehtiyoj uchun olib o‘tishni o‘ziga kasb qilib olgan 3 nafar fuqarolar bu gal narkokuryerlarning “tuzog‘i”ga ilinishdi.

 

Moddiy manfaatdorlik evaziga ushbu shaxslar 9 kg og‘irlikdagi 3 dona “Ariel” kir yuvish kukunini chegara bojxona postidan olib o‘tayotgan vaqtida to‘xtatilib, mazkur tovarlar bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

 

Natijada kir yuvish kukuni qadog‘i muqaddam ochilgani va uning ichiga aslida “pregabalin” kuchli taʼsir qiluvchi moddasi joylangani fosh bo‘ldi.

 

Shu kunning o‘zida tezkor tadbir davom ettirilib, pregabalinni qabul qilib oluvchi shaxsga yetkazayotgan yo‘lovchi ham Ohangaron tumanida qo‘lga olindi. Uning yonida 27 kg og‘irlikdagi 9 dona kir yuvish kukuniga ham kuchli taʼsir qiluvchi moddalar aralashgani aniqlandi.

 

Kalavaning uchi tezkor xodimlarni Uchtepa tumaniga yetakladi. Boisi yuqoridagi barcha kuchli taʼsir qiluvchi moddalar aynan ushbu tumandagi xonadonlardan biriga keltirilishi kerak edi.

 

Shubha ostiga olingan shaxsning ushbu tumanda ijarada yashab kelayotgan xonadoni belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida bu yerda yashirin narkolabaratoriya tashkil etishga hozirlik ko‘rilayotgani fosh bo‘ldi.

 

Xususan, quchli taʼsir qiluvchi moddalarni qayta ishlash va taqsimlash maqsadida turli jihozlar, xomashyo va bo‘sh kapsulalar borligi aniqlandi.

 

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlaridan so‘ng ertasiga “Do‘stlik” chegara bojxona postida aynan ushbu laboratoriyaga yetkazilishi kerak bo‘lgan, 20 kg og‘irlikdagi 2 nomdagi kir yuvish kukuni qadoqlariga joylangan kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning navbatdagi partiyasi ham qo‘lga olindi.

 

Shunday qilib ko‘p bosqichli tezkor tadbirlar yakunida qonunbuzar shaxslardan jami og‘irligi 56 kg.ni tashkil qiluvchi 16 dona kir yuvish kukuni qadoqlariga solingan kuchli taʼsir qiluvchi moddalar olib qo‘yildi.

 

Shundan 45 kilogramini Markaziy bojxona laboratoriyasi tomonidan o‘tkazilgan ekspertiza natijalariga ko‘ra “pregabalin” kuchli taʼsir qiluvchi moddasi tashkil etishi aniqlandi.

 

Eslatib o‘tamiz, 1 kg. pregabalin moddasini 33 ming kapsulaga taqsimlash mumkin. Demak, yuqoridagi holatda salkam 1,5 mln dona kapsulaga yetarli kuchli taʼsir qiluvchi moddalar tarqab ketilishining oldi olindi.

 

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning qora bozordagi narxi 40 mlrd so‘mni tashkil qiladi.

 

Hozirda jami og‘irligi 45 kg “pregabalin” kuchli taʼsir qiluvchi moddasi daliliy ashyo sifatida olinib, bojxona organlari tomonidan yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

“Poroshok” ichidan kuchli taʼsir qiluvchi moddalar chiqdi | Zamon.uz