Rossiyada 6 nafar o‘zbekistonlik avariyaga uchradi
Ulardan bir nafari voqea joyida halok bo‘lgan.

Kecha, 16-aprel kuni soat 01:10 larda Saratov viloyatining Dergachevskiy tumani “Dergachi” aholi punkti yaqinida Lada Largus rusumli avtomashinada bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari va A298 trassada turgan yuk avtoulovi ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Ushbu YTH oqibatida 1987 yilda tug‘ilgan 1 nafar O‘zbekiston fuqarosi K.F. voqea joyida vafot etgan va 5 nafar vatandoshlari turli tan jarohatlar bilan tuman shifoxonasiga joylashtirilgan.
O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan holat nazoratga olingan bo‘lib, Saratov viloyati vakolatli va mutasaddi idoralar bilan aloqa o‘rnatilib, vafot etgan fuqaroni jasadi vatanga qaytarish ishlari bilan bog‘liq jarayonlar boshlanib, jabrlanganlarga tibbiy muolaja ko‘rsatib kelinmoqda.







