Lifestyle

50 yoshgacha qon tomir xavfini oshiradigan omillar aniqlandi

Ayollarda atipik omillar insult ehtimolini keskin oshiradi.

50 yoshgacha qon tomir xavfini oshiradigan omillar aniqlandi

 

Yevropalik olimlarning yangi tadqiqotiga ko‘ra, 50 yoshgacha bo‘lgan odamlarda migren, buyrak yoki jigar muammolari, onkologik kasalliklar, homiladorlikdagi asoratlar va hatto tug‘ma yurak nuqsonlari kabi kamroq e’tibor qaratiladigan omillar insult xavfini ikki baravar oshiradi.

 

“Stroke“ ilmiy jurnalida chop etilgan tadqiqot mingdan ortiq bemor ma’lumotlariga asoslangan bo‘lib, ulardan yarmi sababi aniqlanmagan ishemik insultni boshdan kechirgan. Natijalarga ko‘ra, klassik xavf omillari (gipertoniya, xolesterin) bilan bir qatorda noan’anaviy omillar ayniqsa ayollarda kuchli ta’sir ko‘rsatgan.

 

Tadqiqotchilar, xususan, yurakdagi tug‘ma nuqson-ochiq oval teshik (PFO) mavjud bo‘lganlarda xavf yuqoriligini ta’kidlashmoqda. Hatto bitta shunday atipik holatning o‘zi ham qon tomir ehtimolini 2 baravar oshirishi mumkin.

 

Tadqiqot rahbari, Xelsinki universiteti professori Yucca Putaala, yosh bemorlarda insult sababini aniqlash va shunga qarab individual yondashuvni kuchaytirish lozimligini ta'kidladi.