Salomatlik

Tabiat bilan muloqot ruhiy sog‘liq uchun eng yaxshi vosita hisoblanadi

Tabiatda sayr qilish depressiyaga qarshi kurashda samarali ekanligi aniqlandi.

Tabiat bilan muloqot ruhiy sog‘liq uchun eng yaxshi vosita hisoblanadi

 

Yangi ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, ochiq havoda, tabiat bag‘rida o‘tkazilgan vaqt inson ruhiy salomatligiga kuchli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi — hattoki ko‘plab antidepressant dorilar bilan teng yoki undan samaraliroq bo‘lishi mumkin.

 

Olimlar aniqlashicha, atigi bir necha soatni daraxtzor, tog‘, suv bo‘yida yoki shunchaki parkda o‘tkazish quyidagi natijalarga olib keladi:

  • tashvish va xavotir holatlari 55 foizga kamayadi
  • depressiya xavfi 51 foizga tushadi
  • hayotdan zavqlanish hissi esa 65 foizga oshadi

 

Mutaxassislar inson miyasi va asab tizimi sun’iy dorilarga emas, aynan tabiat bilan bevosita aloqa orqali tiklanishini ta’kidlamoqda. Ayniqsa, ertalabki quyosh nuri, qushlarning sayrashi, toza havo — bularning barchasi stressni kamaytiruvchi tabiiy “terapiya”.

 

Olimlar haftada kamida 2–3 marta ochiq havoda 1 soat sayr qilish, telefonsiz, yolg‘iz yoki sokin muhitda vaqt o‘tkazish, shovqindan uzoq joylarda yurish, yurak urishini tezlatuvchi harakatlar qilish (masalan, piyoda yurish yoki velosiped)ni maslahat berishadi.

 

Ushbu tadqiqot ruhiy tushkunlik, charchoq va doimiy stressdan aziyat chekayotganlar uchun tabiiy, arzon va yon ta’sirisiz yechim sifatida qaralmoqda.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Tabiat bilan muloqot ruhiy sog‘liq uchun eng yaxshi vosita hisoblanadi | Zamon.uz