Toshkentning 2 ta tumanida svet o‘chadi
Elektr taʼminoti 5 kunga cheklanadi.

18–22 aprel kunlari L-DOK-1 va L-DOK-2 elektr uzatish liniyalari modernizatsiya qilinishi munosabati bilan 8:00 dan 18:00 gacha quyidagi hududlar taʼminotdan uziladi.
Olmazor tumanida: “Ahil”, “Elparvar”, “Ibrohim ota”, “Gulzor”, “Qorasaroy”, “Oltinsoy”, “Moyariq”, “Miskin” MFYlar.
Yunusobod tumanida: “Astraobod”, “Turkiston”, “Ming chinor”, “Nurmakon”, “Sobirobod”, “Hamkorobod”, “Katta Hasanboy”, “Sharq haqiqati”, “Registon”, “Yo‘lariq”, “Uch qahramon” MFYlar.
Poliklinika, maktab, bog‘cha kabi ijtimoiy soha muassasalari ko‘chma dizel generatorlari orqali barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlanadi.







