Ukraina va AQSH mineral resurslar bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzoladi
Hozirda tomonlar bitim matnini yakunlash ustida ish olib bormoqda.

Ukraina va AQSH yer osti boyliklari sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida memorandum imzoladi. Bu haqda Ukraina iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenko maʼlum qildi.
Unga ko‘ra, ushbu kelishuv Ukraina infratuzilmasini modernizatsiya qilish, katta sarmoyalarni jalb etish va ikki davlat o‘rtasida o‘zaro manfaatli sheriklikni rivojlantirish uchun muhim poydevor hisoblanadi. "Biz Ukrainani tiklash uchun investitsiya jamg‘armasini yaratishga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz", — dedi vazir.
Hozirda tomonlar bitim matnini yakunlash ustida ish olib bormoqda. Memorandum Ukraina va AQSH parlamentlari tomonidan ratifikatsiya qilinganidan so‘ng rasman kuchga kiradi.







