Siyosat

Xitoy prizidenti yangi Osiyo savdo ittifoqini shakllantirmoqda

Endi bozorga kirish qurol sifatida ishlatiladi.

Xitoy prizidenti yangi Osiyo savdo ittifoqini shakllantirmoqda

Xitoy rahbari Si Szinpin AQSHning joriy qilgan yuqori bojxona tariflariga javoban Osiyo mamlakatlari bilan yaqinroq savdo hamkorligi yo‘lida harakatni boshladi. Uning tashabbusi Janubiy-Sharqiy Osiyoda yangi savdo alyansi yaratishga qaratilgan bo‘lib, bu mamlakatlarni AQSHning iqtisodiy bosimiga qarshi turishda birlashtirishni maqsad qiladi.

 

Si Szinpin Malayziyaga qilgan rasmiy tashrifi davomida bu mamlakatga Xitoy bozoriga kengroq kirish imkonini vaʼda qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy va Malayziya mintaqadagi boshqa davlatlar bilan birgalikda iqtisodiy globallashuv va geosiyosiy beqarorlikka qarshi kurashishlari kerak. Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim ham AQSHni "bozorga kirishni qurol sifatida ishlatmoqda", deb tanqid qildi.

 

Xitoy rahbari avvalroq Vyetnamga tashrif buyurib, u yerda sunʼiy intellekt, 5G va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi sohalarida o‘nlab bitimlar imzoladi. Shuningdek, Vyetnam va Xitoy o‘rtasida yangi temir yo‘l qurilishi loyihasi eʼlon qilindi. Si Szinpinning navbatdagi manzili Kambodja bo‘lishi kutilmoqda.

 

Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari anʼanaviy ravishda AQSH va Xitoy o‘rtasidagi raqobatda betaraf pozitsiyani saqlab kelgan. Ammo Xitoy bilan imzolanayotgan yangi kelishuvlar Pekinning mintaqadagi taʼsirini oshirayotganini va mamlakatlar Xitoy bilan yaqinroq hamkorlikni afzal ko‘rayotganini ko‘rsatmoqda.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Xitoy prizidenti yangi Osiyo savdo ittifoqini shakllantirmoqda | Zamon.uz