Salomatlik

Yashil bananning kutilmagan foydalari aniqlandi

Yashil banan ichak saratonidan himoya qiladi.

Yashil bananning kutilmagan foydalari aniqlandi

 

Ispaniyalik shifokor Uilyam Arias yashil bananlarning salomatlikka aql bovar qilmaydigan foydalari borligini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, ushbu meva kolorektal saraton xavfini sezilarli darajada kamaytiradi.

 

Ma'lum qilinishicha, yashil bananlar “chidamli kraxmal” deb ataladigan maxsus uglevod turiga boy. Bu modda ingichka ichakda hazm bo‘lmaydi, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘g‘on ichakka o‘tadi va u yerda foydali bakteriyalarni ko‘paytiruvchi prebiyotik vazifasini bajaradi. Natijada, ichak mikroflorasi normallashadi va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadigan qisqa zanjirli yog‘ kislotalari ishlab chiqariladi. Bu esa hujayralarni xavfli o‘zgarishlardan himoya qiladi.

 

Bundan tashqari, yashil bananlar: xolesterin darajasini pasaytirishga, 2-toifa diabetning oldini olishga, ortiqcha vaznga qarshi kurashga yordam beradi.

 

Shifokorning fikricha, aynan yashil yoki ozgina pishgan bananlar eng foydalilaridir. Chunki to‘liq pishgan bananlarga qaraganda kamroq shakar va kaloriyaga ega bo‘lib, xun tolasi miqdorini yuqori darajada saqlab qoladi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Yashil bananning kutilmagan foydalari aniqlandi | Zamon.uz