Arizonada yo‘qolgan ikki yoshli bolani it qutqarib qoldi
Bola yo'qolganidan 16 soat o'tib topilgan.

AQSHning Arizona shtatida joylashgan Seligman shaharchasida yo‘qolgan ikki yoshli bolaning hayoti moʻjizaviy tarzda saqlanib qoldi. Tog‘li va yirtqich hayvonlarga boy hududda adashib qolgan bolani Buford ismli xizmat iti topib, xavfsiz joyga olib chiqqan.
Boden Allen ismli bola, Buyuk Kanyondan 100 mil uzoqlikdagi uyidan soat 17:00 atrofida g‘oyib bo‘lgan. Qidiruv ishlari davomida politsiya ikki pumaga duch kelgan, bu esa hududning naqadar xavfli ekanini yana bir bor ko'rsatgan. Nihoyat, 16 soat o‘tib, bola uyidan 11 kilometr uzoqlikda daraxt tagida uxlayotgan holatda topilgan.
Bolaning topilishiga Buford iti sabab bo'ldi. Itning egasi Skotti Duntonning aytishicha, u Bufordni kichkina bolaning yonida ko‘rib qolgan. Buford hududni aylanib yurganda, bolaning izini sezgan va uni xavfsiz joyga olib chiqqan. Danton bolaning yuzi televideniyedagi yangiliklardan eshitgan suratga o‘xshashligini payqab, zudlik bilan politsiyani chaqirgan. Huquq-tartibot organlari va bolaning ota-onasi zudlik bilan yetib kelib, Boden Allenni olib ketishgan.







