Buxorodagi xususiy klinikada bola vafot etdi
Holat yuzasidan Bosh prokuratura maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, Buxoro shahrida joylashgan xususiy klinikada tibbiy muolaja olgan 11 yoshli bola vafot etganligi holati yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Marhumning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi hamda masʼul shaxslarning xatti-harakatlari bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Tekshirish davom etmoqda.







