Surxondaryoda gilos pishdi
Termiz tumanida ilk gilos hosili terila boshlandi.

Termiz tumanining “Qoraxon” mahallasida istiqomat qiluvchi mirishkor bog‘bonlar tomonidan parvarishlangan gilos daraxtlarida ilk hosil terila boshlandi. Bu haqida tuman hokimligi rasmiy sahifasida xabar qilindi.
Qayd etilishicha, bu hosillar respublikada gilos pishgan birinchi hududlardan biri sifatida qayd etilmoqda.
“Mazkur yutuqlar dehqon va bog‘bonlarning mehnatsevarligi, zamonaviy agrotexnik usullardan samarali foydalanishi natijasidir”, deyiladi xabarda.







