IELTS imtihonida muhim o'zgarish
Endi imtihon faqat test markazi taqdim etgan ruchka bilan yoziladi.

1-maydan boshlab IELTS on Paper imtihonlarida qalam o'rniga endi faqat test markazi tomonidan taqdim etiladigan qora ruchka ishlatiladi.
Ya'ni, endi o'zingiz bilan ruchka yoki qalam olib kelishingiz shart emas. Barcha bo'limlar – Listening, Reading va Writing – ushbu ruchka yordamida bajariladi.
Agar xato yozsangiz, uni tuzatish uchun bitta chiziq chizishingiz kifoya. Boshqa hech qanday tuzatishlarga ruxsat etilmaydi.
Ruchkaning qalin yoki ingichka bo'lishi sizning tanlovingiz, lekin asosiysi – faqat test markazi tomonidan taqdim etilgan ruchkadan foydalaning.
Batafsil maʼlumot uchun IELTS test markaziga murojaat qiling.







