Lifestyle

82 yoshli hind ayoli qadimiy jang sanʼatini o‘rgatmoqda

Hozirda u taxminan 50 nafar o‘quvchiga mashg‘ulot o‘tadi.

82 yoshli hind ayoli qadimiy jang sanʼatini o‘rgatmoqda

Hindistonlik 82 yoshli Minakshi Raghavan dunyoda qadimiy Kalaripayattu jang sanʼatini o‘rgatayotgan eng keksa ayol hisoblanadi. U 7 yoshida ushbu sanʼatni o‘rganishni boshlagan va 1950 yilda turmush o‘rtog‘i bilan maktab ochgan.

 

Minakshi bugungi kunda ham har kuni soat 5:00 da dars boshlaydi va taxminan 50 nafar o‘quvchiga mashg‘ulot o‘tadi. U o‘z farzandlarini ham ushbu sanʼat asoslarida tarbiyalagan. "Men o‘lgunumcha kalari bilan shug‘ullanaman", — deydi u.

 

Kalaripayattu kamida 3000 yillik tarixga ega bo‘lib, Hindistonning Kerala shtatida paydo bo‘lgan. U nafaqat jang, balki kuch, intizom va o‘zini himoya qilishni ham o‘rgatadi. Sanʼatni to‘liq o‘zlashtirish uchun taxminan besh yil kerak bo‘ladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"