Amerikada yana samolyot qulab tushdi
Hodisa oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan.

AQSHning Illinoys shtatida bir dvigatelli samolyotning qulashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqida huquq-tartibot idoralari maʼlumotlariga tayanib, mahalliy nashrlar xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, samolyot 19 aprel kuni Illinoys shtati markazidagi dalaga qulab tushgan va bortda bo‘lgan barcha odam halok bo‘lgan.
AQSH Milliy Transport xavfsizligi kengashining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra , samolyot qulaganida elektr uzatish tarmog‘iga borib urilgan.
Hozirda hodisa sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.







