O'zbekiston

Buxoroda IIBning qator mulozimlari ishdan olindi

Ularning xizmat faoliyatida jiddiy kamchiliklar aniqlangan.

Buxoroda IIBning qator mulozimlari ishdan olindi

Buxoro viloyatida o‘tkazilgan kompleks inspektorlik tekshiruvi natijalari bo‘yicha Ichki ishlar vaziri Aziz Tashpo‘latov tomonidan, viloyat hamda tuman-shahar ichki ishlar organlarining masʼul rahbarlari va shaxsiy tarkibi ishtirokida hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.

 

Tadbirda respublika ishchi guruhining Buxoro viloyatdagi o‘rganish yakunlariga ko‘ra, har bir shahar va tuman kesimida jinoyatchilikka qarshi kurashish, aholining murojaatlari bilan ishlash, ularga xizmat ko‘rsatish, jamoat tartibi va yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash, shuningdek xodimlarning ijro hamda xizmat intizomiga rioya etish masalalari tanqidiy muhokama qilindi.

 

Kompleks inspektorlik tekshiruvi natijalariga ko‘ra, xizmat faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan bir qator rahbarlarga nisbatan intizomiy taʼsir choralari qo‘llanildi.

 

Jumladan, Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i, viloyat IIB Huquqiy statistika va tezkor hisob maʼlumotlar markazi boshlig‘i, Buxoro shahar IIO FMB boshlig‘ining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i, G‘ijduvon tumani Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – Tezkor qidiruv xizmati boshlig‘i hamda yana bir o‘rinbosari — Tergov bo‘limi boshlig‘i, shuningdek Kogon tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – Tezkor qidiruv xizmati boshlig‘i egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

 

Shuningdek, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari – Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i, Tergov boshqarmasi boshlig‘ining ikki nafar o‘rinbosari, viloyat IIB Kotibiyat boshlig‘i, G‘ijduvon tumani Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i, Kogon tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i va uning o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlariga intizomiy jazolar qo‘llanildi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Buxoroda IIBning qator mulozimlari ishdan olindi | Zamon.uz