O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi
Epitsentrda sezilish kuchi — 4 ball.

Bugun, 21 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:44 da Navoiy viloyatining Nurota tumanida zilzila kuzatildi. Bu haqida FVV Seysmoprognostik markazi xabar berdi.
Zilzila epitsentri Toshkentdan 305 km janubiy-g‘arbda joylashgan. Magnituda: 3,4. Chuqurligi: 10 km.







