O'zbekiston

“Qadimgi sivilizatsiyalarga sayohat”

Islom sivilizatsiyasi markazida immersiv shou tashkil etilmoqda.

“Qadimgi sivilizatsiyalarga sayohat”

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida ilmiy izlanishlar va madaniy-maʼrifiy loyihalar asosida yangi bosqich boshlanmoqda. “Qadimgi sivilizatsiyalarga sayohat” nomi ostida tashkil etilayotgan immersiv shou orqali qadim o‘tmish zamonaviy texnologiyalar yordamida tomoshabinlarga yangicha tarzda taqdim etiladi. 

 

Loyiha doirasida Islomdan avvalgi davrga oid besh muhim sivilizatsiya — Xorazm, Baqtriya, Sug‘d, Choch va Farg‘ona madaniy meroslari chuqur ilmiy tadqiq etilmoqda. 1-bosqichda ushbu hududlarda mavjud bo‘lgan qadimiy shaharlar, yozuvlar, arxitektura, madaniyat va ijtimoiy hayotga oid tarixiy manbalar o‘rganilib, ularning raqamli texnologiyalar orqali jonlantirilishi ko‘zda tutilgan. 

 

Bu haqida “Islomdan avvalgi davr sivilizatsiyalari” bo‘limi koordinatori, tarix fanlari doktori, professor Mirsodiq Isxoqov quyidagicha fikr bildirdi:

 

 –  Ushbu immersiv shou zamonaviy talqinda tarixni gavdalantirishi bilan eʼtiborga molikdir. Mahalliy va chet ellik sayyohlar muzeyga tashrif buyurar ekan, uning aynan zamonaviy tarzda tarixni yoritilishidan zavq olishsa ajab emas. immersiv shouning asosiy g‘oyasi – qadimiy tarixni raqamli makonda jonlantirish, uni nafaqat ko‘rish, balki his qilish imkonini berishdir. Tashrif buyuruvchilar o‘zini go‘yoki qadimgi Baqtriya saroyida yoki Sug‘d bozori ichida turgandek his qilishi mumkin. VR (virtual reallik), 3D modellashtirish, ovoz effektlari va interaktiv elementlar orqali yaratiladigan sahnalar ilmiy asoslangan holda ishlanmoqda. Bu nafaqat tarixni o‘rganish, balki uni his qilishdir. O‘zbekiston tarixining turli bosqichlarini har tomonlama yoritishga qaratilgan bu loyiha yurtimiz turizm salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, xorijiy sayyohlar uchun bu yondashuv o‘ziga xos yangilik bo‘lib, tarixni zamonaviy estetikada ko‘rsatish orqali ularni chuqur taassurotga soladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

“Qadimgi sivilizatsiyalarga sayohat” | Zamon.uz