Misrning Qizil dengiz sohillari xavf ostida
Qurilish ishlari hududdagi toza dengiz ekotizimlariga salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin.

Misrning Qizil dengiz sohilida joylashgan Vadi el Gemal milliy bog‘idagi Ras Xonqorab hududi sayyohlik rivojlanishi sababli jiddiy xavf ostida qolmoqda. Ekologlarning ogohlantirishicha, yengil qurilish ishlari ham bu hududdagi so‘nggi toza dengiz ekotizimlariga salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin. Ras Xonqorab tiniq suvlari, oq qumli plyajlari va biologik xilma-xilligi bilan mashhur bo‘lib, ayni paytda ekologik muvozanat taqdirini hal qiluvchi nuqtada turibdi.
Hukumat ushbu hududda mehmonxona, restoran va fermalar qurishni rejalashtirmoqda. Biroq, bu rejalar toshbaqalar, marjon riflari, dengiz o‘tlari va ko‘plab baliq turlarining yashash joyini yo‘q qilinishi xavfini tug‘dirmoqda. Mahalliy jamoalar ham ushbu tabiiy boylikning yo‘qolishidan xavotirda, chunki bu hudud ularning hayoti va madaniyati bilan chambarchas bog‘liq.
Misr hukumati milliy bog‘lar hududida investitsiya litsenziyalarini sotish orqali daromad topishga intilmoqda. BMT hisobotiga ko‘ra, 2024 yilda turizmdan tushgan 14,1 milliard dollar daromad Suvaysh kanalidan tushgan foydani ham ortda qoldirgan. Ekologlar esa qisqa muddatli iqtisodiy foyda evaziga bebaho ekotizimlarni qurbon qilish oqibatlari haqida jiddiy o‘ylashga chaqirmoqda.







