Lifestyle

Olimlar atirgullarning asl rangini aniqlashdi

Barcha zamonaviy navlar bitta sariq guldan kelib chiqqan.

Olimlar atirgullarning asl rangini aniqlashdi

 

Xitoyning Pekin o‘rmon xo‘jaligi universiteti olimlari o‘tkazgan genetik tadqiqot natijasida bugungi kunda mavjud bo‘lgan barcha atirgul navlari oddiy sariq rangli bitta guldan kelib chiqqani ma’lum bo‘ldi.

 

Tadqiqotchilar 80 turdagi atirgulni ifodalovchi 205 namunani tahlil qilib, ularning umumiy ajdodi yetti bargli sariq gul bo‘lganini aniqladilar. Bu topilma atirgullarning Markaziy Osiyo kelib chiqishi haqidagi keng tarqalgan nazariyani rad etib, Xitoyning ikkita mintaqasi — qurg‘oqchil shimoli-g‘arbiy va nam janubi-g‘arbiy hududlarini asl manba sifatida ko‘rsatadi.

 

Olimlar 707 ta genetik belgi asosida genomik ketma-ketlik va populyatsiya genetikasi metodlarini qo‘llab, bugungi atirgul rang va shakllarining xilma-xilligi 18-asrda Xitoy va Yevropa navlarining duragaylashidan boshlangan uzoq seleksiya jarayoni mahsuli ekanini aniqladi.

 

Bundan tashqari, yovvoyi atirgul turlarida kasallik va qurg‘oqchilikka chidamlilik kabi foydali xususiyatlar mavjudligi qayd etilgan. Bu topilmalar kelajakda iqlim o‘zgarishiga mos, bardoshli va chiroyli navlarni yaratishga xizmat qilishi mumkin.

Olimlar atirgullarning asl rangini aniqlashdi | Zamon.uz