O'zbekiston

Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlaganlar ushlandi

Ular tabiatga 368 mln zarar yetkazishgan.

Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlaganlar ushlandi

19–20 aprel kunlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi nazorat inspeksiyasi hamda Sirdaryo viloyati davlat ekologik inspektorlari hamkorligida Sirdaryo daryosida noqonuniy baliq ovlash holatlariga qarshi maxsus nazorat tadbirlari amalga oshirildi.

 

Ushbu tadbirlar aholining ko‘plab murojaatlari asosida, xususan, baliqlarning urug‘lanish (urchish) davrida brakonerlar tomonidan elektr qarmoq va noqonuniy to‘rlardan (leskali to‘rlar) foydalanish holatlarini bartaraf etish maqsadida tashkil etildi.

 

Tadbir davomida daryodan umumiy uzunligi 1000 metrga yaqin bo‘lgan, noqonuniy tarzda o‘rnatilgan 20 ga yaqin leskali to‘rlar yig‘ib olindi. Ushbu to‘rlar belgilangan tartibda yo‘q qilinadi. Shuningdek, elektr qarmoqdan foydalangan holda baliq ovlagan 2 nafar huquqbuzar qo‘lga olindi. Ulardan ashyoviy dalil sifatida 1 dona alyuminiy qayiq, motor, 2 dona akkumulyator, elektr qarmoq va tegishli ov qurollari, shuningdek, turli xildagi 21 dona baliq daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.

 

Huquqbuzarlik natijasida tabiatga jami 368 million 437 ming 500 so‘m zarar yetkazilgan. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.

 

Ekologiya vazirligi yurtdoshlarimizni tabiiy zaxiralarni muhofaza qilishda faol ishtirok etishga, baliq ovlashda faqat belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilishga chaqiradi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlaganlar ushlandi | Zamon.uz