Toshkentda Lacetti yonib ketdi
Holat yuzasidan FVB maʼlumot berdi.

Bugun, 22 aprel kuni soat 15:01da Yunusobod tumani Yangishahar ko‘chasida avtomobil yonayotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 15:06 da yetib borib, yong‘in soat 15:09 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.







