Lifestyle

Dunyodagi eng kichik shahar sayyohlarni o‘ziga jalb qilmoqda

Shaharda bor-yo‘g‘i 52 nafar aholi istiqomat qiladi.

Dunyodagi eng kichik shahar sayyohlarni o‘ziga jalb qilmoqda

 

Xorvatiyada joylashgan Hum shahri dunyodagi eng kichik shahar sifatida tan olingan. Uning uzunligi bor-yo‘g‘i 100 metr bo‘lib, shaharchada atigi 52 nafar aholi istiqomat qiladi.

 

Tarixiy manbalarga ko‘ra, Hum shahri ilk bor 1102-yilda tilga olingan. O‘sha davrda u dushman harakatlarini kuzatish va mudofaa maqsadida tashkil etilgan soqchilar shaharchasi sifatida mavjud bo‘lgan.

 

Ba’zi tarixchilarning fikricha, avval bu yerda bir nechta soqchidan iborat kuzatuv minorasi bo‘lgan. 1552-yilda esa soqchilar va ularning oilalari uchun uy-joylar barpo etilgan.

 

Hozirda Hum shahri o‘zining tarixiy me’morchiligi va noyob tabiiy manzaralari bilan sayyohlar orasida mashhur maskanlardan biri hisoblanadi.

Dunyodagi eng kichik shahar sayyohlarni o‘ziga jalb qilmoqda | Zamon.uz