Maktablarda o‘zbek tilidan imtihon majburiy bo‘ldi
Endi taʼlim tili o‘zbekcha bo‘lmagan sinf bitiruvchilari davlat tilida imtihon topshiradi.

Makatabgacha va maktab vaziri Hilola Umarovaning buyrug‘iga ko‘ra, 9 va 11-sinf o‘quvchilari uchun o‘zbek tili (davlat tili)dan yozma imtihon majburiy qilib belgilandi.
Imtihonlar umumiy davlat attestatsiyasi doirasida tashkil etiladi.
Shuningdek, o‘z fanidan milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar ushbu imtihondan ozod qilinadi.







