Lifestyle

Moldovalik erkakdan ota uyiga kirish uchun pul talab qilindi

Ikki kishi undan uyga kirish evaziga 130 ming yevro so'ragan.

Moldovalik erkakdan ota uyiga kirish uchun pul talab qilindi

Moldovaning Ataki shahrida yashovchi 55 yoshli erkak ota-onasining uyida yashash huquqini tiklash uchun shantajga uchragani haqida huquq-tartibot idoralariga murojaat qildi. Unga ko‘ra, ikki kishi undan uyga kirish evaziga 130 ming yevro talab qilgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar sifatida 40 va 74 yoshli erkaklar tergov qilinmoqda.

 

Politsiya bergan ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanuvchi sud orqali uyga kirish huquqini qo‘lga kiritgan. Biroq sud ijrochisi uyga kirishni ta’minlash uchun voqea joyiga yetib kelganida, unga nisbatan tahdidlar, jumladan, ijtimoiy tarmoqlar orqali ham bosim o‘tkazilgan. Gumonlanuvchilar erkakni ilgari Atakini tark etgani uchun ota-onasining uyiga qaytishga haqi yo‘qligini da’vo qilib, jismoniy zo‘ravonlik bilan qo‘rqitgan.

 

Tergov doirasida, Moldovada bo‘lmagan gumonlanuvchilardan biri xalqaro qidiruvga berilib, Kostesti chegara nazorat punktida qo‘lga olindi va 30 sutkaga qamoqqa olindi. Uning otasi ham tergov ostida, biroq yoshi va tergovga to‘siq bo‘lish xavfining pastligi sababli u hozircha erkinlikda qolmoqda. Ish yuzasidan surishtiruvlar Uyushgan jinoyatchilik va alohida ishlar bo‘yicha prokuratura nazorat olib bormoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"