O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi
Uning sezilish kuchi 3 ballni tashkil etdi.

Bugun, 24 aprel kuni soat 17:22 da Andijon viloyatining Marhamat tumanida 3 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqida FVV Seysmoprognostik markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Zilzila epitsentri Toshkentdan 267 km janubiy-sharqda joylashgan. Chuqurligi: 10 km.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Marhamat tumanida 3 ball, 5 km.
- Asaka tumanida 2 ball, 13 km.
- Buloqboshi tumanida 2 ball, 20 km.
- Shahrixon tumanida 2 ball, 22 km.
- Quva tumanida 2 ball, 22 km.







