O'zbekiston

Samarqandda Gurbanguli Berdimuhamedov mukofotlandi

Turkman yetakchisiga “Oliy darajali do‘stlik” ordeni topshirildi.

Samarqandda Gurbanguli Berdimuhamedov mukofotlandi

Ikki tomonlama muzokaralar yakunida Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga O‘zbekiston Respublikasining yuksak davlat mukofoti - "Oliy Darajali Do‘stlik" ordenini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Davlatimiz rahbari mukofotni topshirar ekan, Gurbanguli Berdimuhamedovning qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi anʼanaviy do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashdagi ulkan xizmatlarini alohida qayd etdi.

 

- Qardosh Turkmanistonning barcha ulkan yutuqlari, keng ko‘lamli yangilanishlari va xalqaro maydondagi nufuzi yuksalishi sizning nomingiz bilan chambarchas bog‘liq, - dedi O‘zbekiston Prezidenti.

 

Turkmanistonda iqtisodiyotning barqaror o‘sishi taʼminlanmoqda, aholi farovonligi izchil yuksalmoqda. Prezidentimiz Turkman xalqining milliy yetakchisi tomonidan ilgari surilayotgan global xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni taʼminlash yo‘lidagi xalqaro tashabbuslarni alohida qayd etdi.

 

Shu munosabat bilan Gurbanguli Berdimuhamedovning 2025 yilni "Tinchlik va ishonch yili" deb eʼlon qilish to‘g‘risidagi taklifi xalqaro miqyosda keng qo‘llab-quvvatlangani taʼkidlandi.

 

Turkmaniston yetakchisining shaxsiy saʼy-harakatlari tufayli O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlari bugungi kunda yuksak darajaga chiqqani, haqiqatdan namunaviy tus olgani taʼkidlandi.

 

- Shaxsan sizning ko‘magingiz bilan 2017 yilda davlatlarimiz strategik sherikligining mustahkam asosi yaratildi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Mamlakatlarimiz parlamentlari, hukumatlari, hududlari, ishbilarmonlari, jamoatchiligi, ziyolilari va yoshlari o‘rtasida faol muloqotlar, savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha dastur va loyihalar amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Masalan, keyingi yillarda tovar ayirboshlash bir necha barobar ko‘payib, 1 milliard dollardan oshdi.

 

Madaniy-gumanitar hamkorlik yuksak eʼtirofga loyiq. Masalan, o‘tgan yili Ashxobod va Toshkentda Maxtumquli asarlarining o‘zbek tilidagi to‘plami taqdimot qilindi, shuningdek, Ashxobod xalqaro kinofestivalida o‘zbek-turkman badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi.

 

Gurbanguli Berdimuhamedovga O‘zbekiston Respublikasining oliy mukofoti topshirilishi ko‘p millatli xalqimizning atoqli davlat arbobi, bugungi Turkmanistonning milliy yetakchisi va meʼmori sifatida unga nisbatan samimiy hurmat-ehtiromi ifodasi bo‘lgani taʼkidlandi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Samarqandda Gurbanguli Berdimuhamedov mukofotlandi | Zamon.uz