Janubiy Koreyadagi ko‘rgazma markazida yong'in chiqdi
Hozirda ko‘rgazma vaqtincha yopilgan.

Seul shahrida joylashgan mamlakatning eng yirik ko‘rgazma majmualaridan biri — COEX binosida yong‘in yuz berdi. Bu haqda mahalliy Yonhap axborot agentligi xabar bermoqda.
Maʼlumotlarga ko‘ra, yong‘in markaz ichida joylashgan restoranlardan birida boshlangan. Hodisa sababi hozircha aniq emas va tahlil ishlari davom etmoqda.
Hozircha jabrlanganlar yoki halok bo‘lganlar haqida rasmiy maʼlumot berilmagan. Hukumat va favqulodda vaziyatlar xizmati tomonidan yong‘in batamom nazoratga olingani aytilmoqda. Ko‘rgazma markazi vaqtincha yopilgan.







