Pokistonliklar Hindistondan deportatsiya qilinmoqda
Ularning vizalarini bekor qilish buyurilgan.

Hindiston ichki ishlar vaziri Amid Shoh mamlakatdagi barcha Pokiston fuqarolarini aniqlash va ularni tezroq Pokistonga deportatsiya qilish choralarini ko‘rishni so‘radi. Vazir, shuningdek, Hindiston shtatlari rahbarlariga ushbu vazifani bajarishni topshirdi.
Shu bilan birga, barcha Pokiston fuqarolarining vizalari bekor qilinib, bu qaror darhol kuchga kiritilgani ma’lum qilindi. Bu harakat Hindistonning xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yangi choralari doirasida amalga oshirilmoqda.
Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi siyosiy muammolarni hisobga olgan holda, bu qaror ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga yanada murakkablik kiritishi mumkin.







