O'zbekiston

Shukrullo Isroilovning ko‘rsatmadagi “hazili”

Shukrullo Isroilovning mashinasini olib qochgan shaxsga sud hukmi o‘qildi.

Shukrullo Isroilovning ko‘rsatmadagi “hazili”

 

Kuni kecha, jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida transport vositasini olib qochishda ayblanayotgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.


 Ayblanuvchi o‘z ko‘rsatmasida aybiga to‘liq iqror ekanligini bildirib, bu xatti-harakatini transport vositalarga qiziqishi bilan izohladi.

 

Sudlanuvchi — 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro X. Sh. S ning Toshkentga kelganiga 3 yildan oshgan,  tug‘ma 2-guruh nogironi, hozirda vaqtincha ishsiz hisoblanadi. Bugungi kungacha Olmazor tumanidagi “Yagona oila” nomli mehmonxonada yashab kelgan.

 

2025 yil 19 mart kuni u tanishi bilan uchrashish maqsadida Mirzo Ulug‘bek tumaniga kelgan va ko‘chada aylanib yurganida Mercedes-Benz GLS 500 rusumli avtotransport vositasini ko‘rib qolib, uning oldida selfi qilib rasmga tushgan. Shundan so‘ng avtomobil ochiq holda qoldirib ketilgani, kalit joyida ekanini ko‘rib, uni haydagisi kelib qolgan va avtomobilni shunchaki aylanib kelish maqsadida haydab ketgan.

 

Transport vositasi  yo‘l patrul xizmati xodimlari tomonidan Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Zargarlik ko‘chasida to‘xtatilgan.

 

Shukrullo Isroilov  ichki ishlar organlari xodimlariga bergan ko‘rsatmasida avtomobil o‘ziniki ekanligini va rulda ham o‘zi bo‘lganini bildirgan.

 

Ammo, sudda uning nomidan qatnashgan o‘g‘li, avtomobil hujjatlarda uning nomida ekanligini va rulda otasi emas, o‘zi bo‘lganini aytib, otasining gapini inkor qilgan.

 

Bu ko‘rsatmalarga qaramay sud aybdorni aniqlab,  Isroilovlar oilasiga tegishli Mercedes-Benz avtomobilini o‘g‘irlab ketgan yigitni sud hukmi bilan 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Shukrullo Isroilovning ko‘rsatmadagi “hazili” | Zamon.uz