Lifestyle

Belgiyadagi do‘konda Pikassoning asari topildi

Topilma keyinchalik kimoshdi savdosida sotilgan.

Belgiyadagi do‘konda Pikassoning asari topildi

Belgiyaning Antverpen shahridagi ikkinchi qo‘l do‘koni xodimlari eski buyumlar orasidan Pablo Pikassoning asarini topib oldilar.

 

Do‘kon ishchilari loydan yasalgan plastinkada "Empreinte originale de Picasso" degan yozuvni ko‘rib, uni ekspertlarga ko‘rsatishdi. Tekshiruvlar natijasida plastinka haqiqatan ham Pikassoga tegishli ekani tasdiqlandi.

 

Topilma keyinchalik kimoshdi savdosiga chiqarilib, 12,6 ming yevroga sotilgan.

Belgiyadagi do‘konda Pikassoning asari topildi | Zamon.uz