Lifestyle

Buyuk Britaniyada dunyodagi birinchi suvosti parki ochiladi

Yangi park YUNESKO ro‘yxatiga kirgan hududda joylashadi.

Buyuk Britaniyada dunyodagi birinchi suvosti parki ochiladi

Buyuk Britaniyada dunyodagi birinchi suvosti ko‘ngilochar parki ochilmoqda. Yangi park Shimoliy Uelsdagi Vivian karerida, YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kirgan hududda joylashadi. U yerda suv osti muzeyi, sho‘ng‘ish maktabi va kvest xonalari tashkil etiladi.

 

Nashrga ko‘ra, dunyoda boshqa suv osti muzeylari ham mavjud, biroq ularning aksariyati faqat kattalar uchun mo‘ljallangan. Bu yangi markaz esa 10 yoshdan katta bolalar uchun ham ochiq bo‘ladi.

 

Tashrif buyuruvchilar suv ostidagi eski binolar, tog‘-kon uskunalari va 19 metr chuqurlikda joylashgan bombani ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

 

Sho‘ng‘ish akademiyasi esa tashrif buyuruvchilarga asosiy sho‘ng‘ish ko‘nikmalarini o‘rgatadi va maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazadi.

Buyuk Britaniyada dunyodagi birinchi suvosti parki ochiladi | Zamon.uz