Ispaniya Isroil bilan qurol-yarog‘ bitimini bekor qildi
Shartnoma qiymati 6 million yevrodan ortiq bo‘lgan.

Ispaniya hukumati Isroil bilan tuzilgan o‘q-dori yetkazib berish bo‘yicha shartnomani rasman bekor qildi. Bu haqda mahalliy OAVlar xabar bermoqda.
Bekor qilingan bitim Ispaniya fuqarolik gvardiyasi uchun Guardian Homeland Security S.A. kompaniyasi orqali 15 million dona o‘q xarid qilishni nazarda tutgan edi. Shartnoma qiymati 6 million yevrodan ortiq bo‘lgan.
Madrid rasmiylariga ko‘ra, bu qaror Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlari va okkupatsiya siyosati bilan bog‘liq holda qabul qilingan.







