Norvegiya Arktikada razvedkachilarni sinovdan o‘tkazmoqda
Missiya 30-aprelda yakunlanadi.

Norvegiya Arktikada 13 nafar harbiy skautdan iborat guruhni 100 kunlik sinovdan o‘tkazmoqda. Bu mashg‘ulotlar davomida askarlar sovuq va qattiq sharoitlarga qanday chidashlarini, shuningdek, uskunalarning ekstremal iqlimda qanday ishlashini sinab ko‘rishmoqda.
Askarlarning vazifasi oddiy: 100 kun davomida Arktikadagi qattiq sovuq va og‘ir sharoitlarda omon qolish. Bu avvalgi ekspeditsiyalar bilan solishtirganda ikki baravar ko‘proq vaqtni o‘z ichiga oladi.
Sinov boshlanishidan oldin askarlardan qon namunalari olingan, o‘pka hajmi va mushak massasi o‘lchangan. Bunday o‘lchovlar safarning yarmida va oxirida yana takrorlanadi. 50-kun to‘liq o‘tgach, askarlar uch kunlik tanaffus olib, tibbiy va psixologik tekshiruvlardan o‘tishadi.
Missiya 30-aprelda yakunlanadi. Natijalarning 75 foizi keng jamoatchilikka e’lon qilinadi, qolgan qismi esa faqat NATO ittifoqchilari uchun maxfiy saqlanadi.
Otryad boshlig‘ining aytishicha, bu sinovlar og‘ir sharoitlarda askarlarning jismoniy va ruhiy chidamliligi qanday o‘zgarishini chuqurroq tushunishga yordam beradi.







