Toshkentda 21 yoshli yigit sevgan qizini kaltakladi
Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘chada 18 yoshli qiz sevgan yigiti tomonidan kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 14 aprel kuni taxminan soat 11:50 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida 2003 yilda tug‘ilgan S.A. o‘zining tanishi 2006 yilda tug‘ilgan A.J. bilan kelishmovchilik oqibatida tortishib qolgani sababli unga kuch ishlatgan. Janjal vaqtida S.A. qizga tan jarohati yetkazgan. Oqibatda jabrlanuvchi shifoxonaga murojaat qilgan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.







